AQŞning FedEx logistik kompaniyasi Huawei kompaniyasi bilan muammolar sababli Xitoyning şubhali taşkilotlar sanksiyalar röyxatiga kiritilişi mumkin. Bu haqda Xitoy tijorat vazirligining rasmiy vakili Gao Fen ma'lum qildi. 

FedEx Yaponiyadan içida Huawei qurilmalari bölgan ikkita jönatmani kompaniyaning Guançjou va Şanxaydagi ofislariga jönatişi kerak bölgan, biroq buning örniga ularni AQŞga jönatgan. Kompaniya uşbu holat uçun uzr sörab, buni “taşqi kuçlar” bilan boğliq bölmagan operatsion xato bilan tuşuntirgan. Biroq Pekin 14 iyunda uşbu holat böyiça tergov boşlagan.

Iyulda esa Xitoy taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xua Çunin FedEx’ning harakatlari noqonuniy bölganining isbotlari topilganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, AQŞ kompaniyasi javobgarlikka tortiladi, biroq köriladigan çoralarning qat'iyligi mutasaddi idoralar olib borayotgan tergovning natijalariga boğliq böladi.

AQŞ butun dunyo böylab Huawei’ning yuzdan köproq şö'ba kompaniyalarini sanksiyalar röyxatiga kiritgandi. Oxirgi sanksiyalar doirasida uşbu röyxatga kompaniyaning yana 46 ta kompaniyasi kiritilgan. Şu bilan birga boş kompaniyaga AQŞ bozorida yana 90 kun işlaşga ruxsat berilgan. Kompaniyaga sanksiyalar kiritilişiga uning Xitoy hukumati va harbiylari bilan hamkorlik qilişi hamda qurilmalarini kuzatuv uçun qöllaşiga gumon sabab sifatida aytilgan.