2019/2020 öquv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga öqişga kiriş uçun ötkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Davlat test markazi xabariga köra, tanlov natijalarini 3 xil usulda biliş mumkin.

Abituriyentning şaxsiy kabinet orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uçun şaxsiy kabinet yaratilgan bölib, abituriyentlar şaxsiy kabinet orqali tanlov natijalarini bilişi mumkin.

Buning uçun cabinet.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID’sini kiritiş kerak.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’sini yuborgan holda ham bilişi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari böyiça SMS xabarnoma yuboriladi.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e'lon qilingandan söng test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini körişi mumkin.