Bugungi kunda avtomaşinalar oynalarini “tonirovka” qilişda bir tuşunmovçilik yuzaga kelgani kuzatilmoqda. Ya'ni oynalarni neça foizga qoraytiriş kerak degan savol turli talqinlarga sabab bölmoqda, deb yozadi Adliya vazirligi mas'ul xodimi Ğaybullo Primov.

Hukumat qarorida old yon oynalarining tusini yoruğlik ötkazuvçanligi 50 foizdan kam bölmagan darajada qoraytirişga ruxsat etilgan (tölov asosida). Bu degani old yon oyna kamida 50 foiz yoruğlik ötkazişi şart.

Uşbu normada old yon oynalarga 50 foizlik “tonirovka” örnatiş uçun ruxsat berilmagan, aksinça, yoruğlik ötkazuvçanligi 50 foizdan kam bölmagan darajada qoraytirişga ruxsat etilgan. Ya'ni + 50% emas, = 50%.

Hozirda işlab çiqarilayotgan avtomaşinalar oynalarining (odatda “lyuks” avtomaşinalar) 30 foizgaça qoraytirilgan bölişini inobatga olsa old yon oynalarni 20 foizgaça qoraytirişning özi kifoya böladi. Bundan ortiği-ortiq, belgilangan me'yordan oşib ketadi.

Orqa yon va orqa oynalarga esa buning ahamiyati yöq. Sababi uşbu oynalarining tusini yoruğlik ötkazuvçanligi çeklanmagan miqdorda özgartirişga ruxsat etilgan.

Ma'lumki, avtomaşina oynalarining pastki qismida oynaning neça foiz yoruğlik ötkazuvçanlik darajada ekanligi yozilgan böladi.

Odatda “oddiy” sinfga mansub avtomaşina oynalarining yoruğlik ötkazuvçanligi 100 foiz, “lyuks” sinfiga mansub bölgan avtomaşina oynalarining yoruğlik ötkazuvçanligi esa 70 foiz böladi.

Şundan kelib çiqib, avtomaşinalarning old yon oynalarini qoraytirişda oynaning özida belgilangan yoruğlik ötkazuvçanlik darajasini hisobga olgan holda, “tonirovka” qiliş maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa şuki, avtomaşinalarning old yon oynalari “tonirovka” qilinganda uşbu oynadan kamida 50 foiz yoruğlik ötişi şart. Aks holda, avtomaşina “jarima maydonçasi”ga yöl oladi, haydovçi esa katta miqdorda jarima tölaşiga töğri keladi.

Bundan oldin, IIBB parda va darpardalar böyiça qonunçilikda özgarişlar röy bermaganini ma'lum qilgandi.