2019 yilning 23 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlaşgan Arab Amirliklari Hukumati örtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan özaro ozod qiliş töğrisida hamkorlik haqidagi Bayonnoma kuçga kirdi. Uşbu hujjat 2019 yil 25 mart kuni Abu Dabi şahrida Özbekiston Respublikasi prezidentining BAAga rasmiy taşrifi çoğida imzolangan.
TIV xabariga köra, hujjat Özbekiston Respublikasi va Birlaşgan Arab Amirliklari fuqarolari bölgan diplomatik pasport egalariga 90 kungaça viza rasmiylaştirmasdan ikkinçi davlat hududiga kiriş, çiqiş, tranzit orqali ötiş va böliş huquqini berişni tartibga soladi.
BAA bilan ikki tomonlama hamkorlik faollaşayotganini inobatga olgan holda, Bayonnoma ikki mamlakatning rasmiy vakillari – diplomatik pasport egalarining özaro taşriflari çoğida taşkiliy masalalarni tezda hal etişga kömaklaşadi, deyiladi ma'lumotda.












