Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan 2020 yil 9 mayda Moskvada ötadigan  Ğalaba paradiga taklif qildi. 

Ma'lum qilinişiça, paradga MDH davlatlarining barça yetakçilari hamda Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari taklif etilgan. 

Avvalroq Ğalabaning 75 yilligiga Putin Fransiya, Xitoy, AQŞ, Şimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston yetakçilarini taklif qilgani ma'lum qilingandi.

Ta'kidlanişiça, 2015 yilda Ğalabaning 70 yilligiga Moskvadagi paradga 23 ta davlat rahbari hamda BMT va YuNeSKO rahbarlari kelgan.