Senatning 21-yalpi majlisida moddiy madaniy meros obektlarini asraş, restavratsiya qiliş jarayoni, bunda kadrlar salohiyati böyiça masalalar kötarildi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev şu mavzuda senatorlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
“Madaniy meros obektlarimizni restavratsiya qilişda kadrlar masalasi bizning eng oğriqli nuqtamiz hisoblanadi. Hozir 7500 ga yaqin madaniy obektlarning 259 tasining butkul yöqotilgan, tiklab bölmaydi. Ularni restavratsiya qilişda bizda yetarli kadrlar yöq. Bu işlar köp yillardan beri mardikorlar tomonidan qilinadi. Kunimiz ularga qolib ketdi. Restavratsiya – bu ilm, alohida malaka talab qiladi. 1984 yilgaça respublikada restavratsiya institutida bölgan. Ayrim sabablarga köra şu ta'lim muassasasini yöq qildik. Xorijliklar menga restavratsiya instituti nima uçun yöq, deb savol berişadi. Qanday javob berişni bilmayman. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Toşkent arxitektura-quriliş institutida restavratsiya böyiça şu öquv yilida kafedra oçiş böyiça Oliy ta'lim vazirligiga taklif kiritganmiz.”
Vazirning qöşimça qilişiça, Buxoro davlat universiteti restavratsiya bilan şuğullanuvçi muhandislar yönalişi oçildi. Restavratsiya işlari litsenziya olmasdan amalga oşirildi. Şuning natijasida madaniy meros obektlari qarovsiz qoldirildi.












