21 avgust kuni Andijon şahrida joylaşgan Andijon viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazida şifokorlarga bemorning qarindoşi tomonidan tajovuz uyuştirildi. 

Andijon viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi bergan ma'lumotlarga tayangan holda Kun.uz saytida e'lon qilingan xabarda bemor A.I.ning öğli F. Andijon viloyat köp tarmoqli tibbiyot markaziga kelib, şifokor Bobur Şavkatovga uçraşib, u onasini Toşkentdagi «AKFA Med line» xususiy klinikasi mutaxassislari körigiga olib borganini, u yerda Fuzuliddin ismli şifokor tomonidan körikdan ötkazilganini aytgan. Uşbu şifokor tomonidan göyoki avvalgi operatsiyalar notöğri qilingani, hozirda qayta operatsiya qiliş lozimligi, uşbu operatsiyalarni respublikamiz mutaxassislari amalga oşira olmasligi, şuning uçun Germaniya Federativ Respublikasidan mutaxassis çaqirgan holda operatsiya qiliş kerakligi aytilgani ta'kidlanadi.

Uşbu ma'lumot keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markazida bölib, uşbu hodisa yuz berişiga göyoki «AKFA Med line» xususiy klinikasi şifokorining gaplari sabab bölgan deya, jiddiy tanqidlar bildirildi.

Kun.uz sayti qölga kiritgan ma'lumotlarga köra, bemor A.I. haqiqatdan ham öğli F. bilan birgalikda «AKFA Med line» xususiy klinikasi şifokori F.Z.Arifxodjayevning qabulida bölib, tibbiy körikdan ötgan.

«AKFA Med line» xususiy klinikasi tomonidan ma'lum qilinişiça, F.Z.Arifxodjayev tibbiyot markazining boş şifokori bölib, u umurtqa poğonasiga minimal invaziv jarrohlik amaliyotlarini ötkazuvçi kam sonli mutaxassislardan biri hisoblanadi.

«AKFA Med line» bemor A.I va uning öğli F şifokor F.Z.Arifxodjayev qabulida bölgan vaqt yozib olingan videoni taqdim etdi. Unda köriş mumkinki, şifokor avvalgi operatsiya notöğri ötkazilgani va Germaniya Federativ Respublikasidan mutaxassis çaqirib, operatsiya qiliş lozimligi haqida umuman gapirmagan. 

Bundan kelib çiqadiki, şifokorga nisbatan tajovuz uyuştirgan gumondorning özini oqlaş maqsadida «AKFA Med line» xususiy klinikasi şifokorlarining xulosasini vaj qilib körsatişi mutlaqo asossiz.