Özbekiston Respublikasi prezidenti “Respublikada örmonlardan foydalaniş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boşlab:

a) Örmon xöjaligi davlat qömitasi markaziy apparati tuzilmasida:

raisning investitsiyalar va davlat-xususiy şeriklik masalalari böyiça örinbosari lavozimini joriy etiş;

Örmon xöjaligi davlat qömitasi tizimiga kiruvçi budjet taşkilotlarining 29 ta ştat birliklarini optimallaştiriş hisobiga tarkibiy bölinmalarni yanada takomillaştiriş, şu jumladan, Investitsiyalarni jalb qiliş va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş boşqarmasi hamda Örmon mahsulotlarini işlab çiqariş va eksportni taşkil etiş boşqarmasini taşkil etiş;

b) Qoraqalpoğiston Respublikasida Orolböyi milliy tabiat boğini, Qaşqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida tegişliça Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Foriş davlat örmon-ov xöjaliklarini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Örmon xöjaligi davlat qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Qaşqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Orolböyi milliy tabiat boği, Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Foriş davlat örmon-ov xöjaliklarining davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaydi.