Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub'yektlariga keng qulayliklar yaratiş, eksportni har tomonlama rağbatlantiriş maqsadida bojxona tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş va takomillaştiriş, şaffoflikni ta'minlaş böyiça qator islohotlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, meva-sabzavotlar eksportini soddalaştiriş borasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqariş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3978-sonli Qarori qabul qilinganligi tadbirkorlar uçun juda köplab qulayliklar yaratdi.
Mazkur qarorga asosan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş mexanizmi ança soddalaştirildi. Şu bilan birga eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona körigidan ötkazilmasdan rasmiylaştirilmoqda. Albatta, bojxona qonun hujjatlari buzilişi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno.
Bojxona xodimlari eksportyorlarga yaqindan kömaklaşiş maqsadida ularga tun-u kun xizmat körsatiş, tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oşiriş, bojxona rasmiylaştiruv jarayoni uçun sarflanadigan vaqtni 3 soatdan köp bölmagan muddatda amalga oşiriş, eksport tovari yuklangan avtotransport vositalarini çegara bojxona postlaridan navbatsiz harakatlanişini ta'minlamoqdalar.
Ta'kidlaş joizki, eksport jarayonida bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda mavjud ma'lumotlarning işonçliligi, şuningdek tovarlarni bojxona çegarasidan qonuniy olib ötiş uçun eksport qiluvçi javobgar ekanligi belgilab qöyilgan.
Şunga qaramasdan, ba'zi bir “uddaburon tadbirkorlar” yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş örniga noqonuniy va aldov yöllar bilan bojxona xodimlarini çalğitib, tovarlarni boşqa nom bilan deklaratsiyalab, ularning narxini sun'iy oşirib, eksport qilişga urinmoqdalar.
Ana şunday tadbirkorlardan biri 2019 yil 24 avgust kuni yuk kuzatuv hujjatlariga köra Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylaşgan “Ğulomjon-Boğlari” fermer xöjaligining işonçli vakili fuqaro X.S. tomonidan vazni 21 tonnani taşkil etuvçi 720 ta qoplarga joylangan, umumiy qiymati 315 ming AQŞ dollarlik quritilgan qalampir uruğlari tovarini “Eksport” bojxona rejimiga rasmiylaştiriş uçun bojxona yuk deklaratsiyasini Samarqand viloyati bojxona boşqarmasining “Samarqand” taşqi iqtisodiy faoliyat postiga taqdim qiladi.
Mazkur bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona qonun hujjatlari buzilişi xavfi belgilari aniqlanganligi sababli “Xavfni boşqariş” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali tovarni töliq bojxona körigidan ötkazişni közda tutuvçi “qizil” yölakka yönaltirilgan holda post xodimlari va xolislar iştirokida avtotransport vositasiga ortilgan tovar bojxona körigidan ötkaziladi. Natijada bojxona körigi davomida bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida körsatilgan tovardan bor yöği 134 ta qopda jami 2,65 tonna mavjudligi, hujjatlarda körsatilganidan 586 ta qop, 18,35 tonnaga kamligi ma'lum böldi.












