Bugun «Media.uz» futbol haftaligida yarim finalçilar nomi ma'lum böladi.
Kun.uz jamoasi bu bosqiçda «Şarq» naşriyot-matbaa AK jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
Bugun soat 19:00da Toşkentdagi «Töqimaçi» stadionida quyidagi juftliklar örtasida çorak final öyinlari boşlanadi:
ÖFA – ÖzA va «Yoşlar ovozi» birlaşgan jamoasi
«Şarq» naşriyot uyi – Kun.uz
«Özbekiston» naşriyoti – «Sport» telekanali
MTRK – «Zör TV»
Eslatib ötamiz, Kun.uz guruh bosqiçida Yoşlar ittifoqi media-markazi va Daryo.uz sayti jamoalarini mağlub etib, MTRKga minimal hisobda yutqazgan va guruhda ikkinçi örin bilan pley-offga çiqib, nimçorak finalda Ğofur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi bilan uçraşuv yakuniga köra keyingi bosqiçga ötgan edi.

Yarim final öyinlari 28 avgust, uçinçi örin uçun bahs va final uçraşuvi 29 avgustga belgilangan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bağişlab jurnalist, bloger va naşriyot-matbaa korxonalari xodimlari örtasida ötkazilayotgan turnir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilgan.
Musobaqa qoidalari, sovrin jamğarmasi va guruhlar tarkibi haqida avvalroq batafsil ma'lumot berilgan edi.












