Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun Samarqand şahrida BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNeSKO) Boş direktori Odri Azuleni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni qutlar ekan, Özbekiston va YuNeSKO örtasidagi konstruktiv muloqot izçil rivojlanib, şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Odri Azulening uşbu nufuzli xalqaro institut boş direktori sifatidagi mazkur ilk taşrifi ötgan yili Parij şahrida bölib ötgan uçraşuvning mantiqiy davomi ekani, şuningdek, ustuvor yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş borasida tomonlarning intilişi qat'iy ekanidan dalolat berişi ta'kidlandi. 

Bugungi kunda YuNeSKO tomonidan Özbekiston uçun birinçi marta qabul qilingan Mamlakat dasturi doirasida ustuvor yönalişlar böyiça qöşma çora-tadbirlar samarali amalga oşirilmoqda.

Xalqimizning noyob madaniy-tarixiy merosini asraş sohasida hamkorlik qiliş va bu boradagi almaşinuvlarni faollaştirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Jahonning ilğor tajribasini çuqur örganiş va jalb etiş maqsadida yurtimizda YuNeSKO kafedralari tarmoği kengaymoqda. Özbekistonning yetakçi oliy ta'lim muassasalarida "Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etiş", "Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boşqariş va atrof-muhit muhofazasi", "Madaniyat turizmi" kabi kafedralar oçilmoqda.

YuNeSKO kömagida mamlakatimizda "Şarq taronalari", baxşiçilik san'ati, hunarmandçilik festivallari, Maqom san'ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar taşkil etilmoqda.

Uçraşuvda keng kölamli şeriklikni yanada rivojlantiriş, jumladan, Jahon merosi qömitasining navbatdagi sessiyasi yakunida erişilgan kelişuvlarni sözsiz amalga oşirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Özbekistonda madaniy meros obektlarini rivojlantiriş va asraş sohasidagi faol sa'y-harakatlarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi. Bugun Samarqandda şu mavzuga bağişlab muvaffaqiyatli ötkazilgan qöşma xalqaro konferensiya natijalari yuksak baholandi.

Madaniyat, ta'lim va fan, gender siyosat yönalişlarida hamda ekologiya, jumladan, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etiş yönalişida amaliy hamkorlik imkoniyatlari körib çiqildi.