Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev iştirokida «Şarq taronalari» XII xalqaro musiqa festivali doirasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun matbuot anjumani ötkazildi.

«Bu yilgi festivalda 75 davlatdan 340 nafar vakil iştirok etmoqda. Keça Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev iştirokida ötkazilgan festivalning tantanali oçiliş marosimida musiqa va san'at ahli bilan birga köplab xalqaro taşkilotlar rahbarlari, öndan ortiq xorijiy davlatlar madaniyat vazirlari, şaharlar merlari, senator va deputatlar iştirok etdi.

Anjumanning nufuzli mehmonlari qatorida YuNeSKO Boş direktori Odri Azule xonimning marosimda qatnaşişi va iştirokçilarni tabriklaşi ham festivalning ahamiyati qançalik yuksak ekanligidan dalolat beradi.

Festival tanlov dasturlarida esa 32 davlatdan musiqiy jamoa, xonanda va sozandalar qatnaşadi. Ular orasida Argentina, Myanma davlatlari va Fuji orollari vakillari «Şarq taronalari»da ilk bor iştirok etmoqda. Bugun keç soat 19:00dan Registon maydonidagi asosiy sahnada tanlov jarayonlari boşlanadi. Jamoalarning çiqişlari Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi orqali töğridan-töğri efirga uzatiladi. Şuningdek, Samarqand şahridagi köçalarda örnatilgan katta monitorlarda namoyiş etiladi.

Bu galgi festival Gran-Pri sohibiga 10 ming dollar miqdorida pul mukofoti belgilangan. Ikkita birinçi örin egalariga 5 ming dollardan, ikkita ikkinçi örinni egallaganlarga 3,5 ming hamda uçta uçinçi örin sohiblariga 2 ming dollardan mukofotni puli beriladi. Şuningdek, «Eng yoş iştirokçi», «Muxlislar e'tirofiga sazovor bölgan eng yaxşi iştirokçi», «Eng yaxşi çolğu musiqasi ijroçisi» kabi nominatsiyalarda ham ğoliblar maxsus diplom hamda 500 AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Festival qatnaşçilari tanlov dasturidan boşqa vaqtlarda Samarqand şahrida hamda Oqdaryo, Samarqand, Past Darğom, Toyloq, Urgut va Jomboy tumanlaridagi istirohat boğlari, madaniyat muassasalarida ijodiy uçraşuvlar, konsertlarda qatnaşadi», deya Madaniyat vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

30 avgust kuni keçki payt Registon maydonida festival ğoliblarini taqdirlaş marosimi va gala konsert uyuştiriladi.