2019 yilning 25 avgust kuni Özbekistonning Qozon şahridagi (Rossiya) Boş konsuli Fariddin Nasriyev yöl-transport hodisasida jarohatlanganlarga yordam berişda mardonavor harakati uçun Özbekiston fuqarosi Danil Yöldoşevga taşakkurnoma topşirdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

2019 yilning 17 avgust kuni Perm şahrida şahar avtobusi YTHga uçrab binoga urildi. Natijada bir kişi hodisa joyida vafot etdi, 32 nafar şaxs jarohat oldi. Maşğulotga ketayotgan hamyurtimiz töxtagan va mardonavor yordam berişni boşlagan. U qiyşayib ketgan orqa eşiklarni buzib avtobusdan odamlarni olib çiqişni boşlagan hamda ötib ketayotgan maşinalar haydovçilaridan jarohatlanganlarni kasalxonaga eltişni söragan. U «tez yordam» kelganidan söng ham şifokorlarga yordam berişda davom etadi.
Danil Yöldoşev Toşkentdan Permga köçib borgan. U yerda örta ta'limni olgan va hozirda işlamoqda. Boks bilan şuğullanadi. Uning qarindoşlari Özbekistonda yaşaydi.
Boş konsulxonada Özbekiston fuqarosiga mardonavor harakati va insonparvarligi uçun taşakkurnoma topşiriş marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinçi örinbosari Erkin Muhitdinov hamda oliy va örta-maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Murodullo Xolmuhamedov iştirok etdi va taşakkurnomaga imzo çekdi.
Avvalroq, Danil Yöldoşev insonlarni qutqarişda körsatgan jasorati va qat'iyligi uçun Perm ölkasi gubernatori Maksim Reşetnikovdan minnatdorlik xati olgandi. Uning YTHdagi jasorati Rossiya OAVda keng yoritildi












