Vaşington Eronning 5 fuqarosi va 7 ta kompaniyasiga qarşi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQŞ moliya vazirligi ma'lum qildi.   

Sanksiyalar röyxatiga tuşgan 4 kişi Eronning yadro yonilğisini boyitiş sohasidagi tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi kompaniyasi bilan boğlangan.  

AQŞ qora röyxatiga, şuningdek, Xitoyning 4 ta kompaniyasi hamda Belgiyada joylaşgan yana bir kompaniya tuşgan. Ta'kidlanişiça, bu kompaniyalar qotişmalar işlab çiqarilişi, muhandislik işlanmalari, eksport va importga aloqador.     

24 iyunda AQŞ Eronga, jumladan mamlakatning oliy yetakçisi oyatulloh Ali Homanaiyga qarşi yangi sanksiyalar paketini qabul qilgan. AQŞ prezidenti Donald Trampning ta'kidlaşiça, uşbu çoralar Eron tomonidan AQŞ droni urib tuşirilgani bilan boğlangan.

Şu kuni AQŞning Eron böyiça vakili Brayan Xuk Tehron yadro dasturi böyiça yangi kelişuvni tuzsa, Vaşington barça sanksiyalarni bekor qilişga tayyorligini aytgan. Bundan avvalroq Eron prezidentining maslahatçisi Hisomiddin Oşna Eron sanksiyalar saqlanib qolgunça muzokaralar olib bormasligini ma'lum qilgan.