Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning bir hafta oldin iste'foga ketgan bosh vaziri yana shu lavozimga ilgari surildi
Italiyaning “5 yulduz harakati” yetakchisi Luiji Di Mayo Italiya prezidenti Serjo Mattarella bilan maslahatlashuv vaqtida iste'foga ketgan bosh vazir Juzeppe Konteni yana shu lavozimga ilgari surish haqida Demokratiya partiya bilan kelishuvga kelganini ma'lum qilgan.
“Biz respublika prezidentiga uzoq muddatli hukumatni shakllantirish uchun hukumatni shakllantirish vakolatini Juzeppe Kontega taqdim qilish borasida kelishuvga kelganimizni xabar qildik”, deb aytgan Di Mayo jurnalistlarga.
Di Mayo “5 yulduz harakati”ning koalitsiya bo‘yicha sobiq ittifoqdoshi – “Liga” partiyasi hukumat inqirozi davomida unga bosh vazir lavozimini egallashni taklif qilganini, biroq u “mamlakat manfaati uchun” bu taklifdan bosh tortganini qo‘shimcha qilgan.
“Konte roli biz amalga oshirmoqchi bo‘layotgan siyosat kafolatini beradi”, deb qo‘shimcha qilgan Di Mayo.
Konte 20 avgustda iste'foga chiqqan. U bosh vazir lavozimidan ketish qarorini senatdagi chiqishi vaqtida ma'lum qilgan. Konte “Liga” partiyasi yetakchisi va o‘z o‘rinbosari Matteo Salvinini muddatdan avval saylovlarni o‘tkazishni talab qilgani va shu bilan hukumat inqirozini keltirib chiqargani uchun tanqid qilgan.
“Liga” va “5 yulduz harakati”dan iborat kolatsiya 2018 yil martida Italiya parlamentiga saylovlarda g‘olib bo‘lgandi. Biroq ushbu ikki partiya o‘rtasida koalitsiya ishi vaqtida ko‘plab masalalar bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar vujudga kelgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026