Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rafiqasini o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan Eronning sobiq vitse-prezidenti ozod qilindi
Foto: RIA "Novosti"
Rafiqasini o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan Tehronning sobiq meri va Eronning sobiq vitse-prezidenti Muhammad Ali Najafiy ozod qilindi. Bu haqda ISNA axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq iyulda Najafiy rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, islomda sodir etilgan jinoyatga teng jazo – “qisos”ga hukm qilingandi.
Ta'kidlanishicha, sud qurbonning oilasi Najafiyni kechirganini hisobga olib uni garov evaziga ozod qilishga ruxsat bergan.
Qurbon Najafiyning ikkinchi xotini bo‘lgan.
Eron islom jinoyat kodeksiga ko‘ra, qurbon yoki qurbonning oilasi jinoyatchini afv etishi va jazo ijrosini bekor qilishi mumkin. Bunday holatda o‘lim jazosi o‘rniga aybdor sodir etgan jinoyati uchun tovon puli to‘laydi. Eron OAV avval xabar qilganidek, ayolning yaqinlari Najafiydan pul olishdan bosh tortishgan.
Najafiyning rafiqasi may oxirida Tehronning nufuzli tumanidagi uyda otib o‘ldirilgan. Sobiq mer politsiyaga taslim bo‘lib, qotillikni sodir etganini tan olgan va bu oilaviy muammolar bilan bog‘liqligini aytgan.
Najafiy Tehron meri lavozimini 2017 yil avgustdan 2018 aprelgacha egallagan. U 2018 yilda ësh qizlar raqsga tushgan to‘yga borgani uchun dindorlar tanqidiga uchrashi oqibatida iste'foga chiqqan.
Najafiy Tehron meri lavozimini egallagunga qadar, shuningdek, Eron ta'lim va oliy ta'lim vazirlari hamda vitse-prezident lavozimlarini egallagan.
Mavzuga oid
22:18 / 21.11.2025
Eron prezidenti poytaxtni Tehrondan ko‘chirmoqchi
21:17 / 07.11.2025
Agar uzoq vaqt yomg‘ir yog‘masa, Tehronni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi – Eron prezidenti
12:22 / 04.10.2025
«Tehron yiliga 30 sm cho‘kmoqda» – Eron prezidenti poytaxtni ko‘chirishga majburligini aytdi
08:03 / 08.07.2025