Yurtimizda ayni pishiqchilik vaqti. Bozor-u do‘konlardan meva va sabzavotlarni uyda konserva yopish uchun xarid qilayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rganda, nahotki faqat bankaga yopish yo‘li bilan mahsulotlarni qishga g‘amlash mumkin deb o‘ylaydilar, degan xayolga boramiz.

Xonadon sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishlarning eng xavfli turi, hatto ba'zida o‘lim bilan yakunlanuvchi – botulizm kasalligi uchrab turadi.

2017-2018 yillar davomida uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida 195 nafar fuqarolar jabrlangan, ularning 8 nafari tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida murojaat etmaganliklari tufayli, kechikib olib borilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlashda zarur texnologik jarayonlar, sanitariya me'yorlariga to‘la rioya qilinmaydi. Natijada konservadagi botulizm sporalari tez rivojlanadi va o‘zidan zaharli toksinlar chiqaradi.

Botulizm sporalari bilan zararlangan konserva mahsulotlarini tashqi ko‘rinishi va ta'mida deyarli o‘zgarish kuzatilmaydi. Ayrim holatlarda shisha idishning tunuka qopqog‘i shishadi. Bunday mahsulotni iste'mol qilib zaharlangan odamda uning belgilari paydo bo‘lish jarayoni ikki soatdan sakkiz-o‘n kungacha cho‘ziladi. Bemorda holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, jismlar ko‘ziga ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), ko‘z qovog‘ining osilishi (ptoz), yutish va gapirish qobiliyatining pasayishi, bo‘yin va oyoq mushaklari zaiflashishi kabi kasallikning klinik belgilari kuzatiladi.

Xasta kishini uy sharoitida har kim o‘z bilganicha davolashi qat'iyan man etiladi. Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Aks holda kasallikning og‘ir shakllari – yurak, qon-tomir va nafas tizimi xastaliklari yuzaga kelishi, buning natijasida bemorning hayoti xavf ostida qolishi, hattoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

Har qanday kasalliklar kabi botulizmning oldini olish ham insonning o‘z qo‘lida. Uy sharoitida bodring, pomidor, pattison marinadlari, baqlajon ikrasi kabi konserva mahsulotlarini tayyorlanishini tavsiya etmaymiz. Bunday sharoitda tayyorlangan konserva mahsulotlarining sifatiga hech kim kafolat bera olmaydi. Chunki, konserva mahsulotlari tayyorlashdagi zarur texnologik jarayonlar, ya'ni konserva zavodlaridagi kabi yuqori bosim ostida