FlyDubai aviakompaniyasining Toşkent-Dubay yönalişi böyiça parvoz qilgan samolyoti Toşkent xalqaro aeroportidan havoga kötarilganidan 35 daqiqa ötib, texnik nosozlik tufayli erta tongda ortga qaytdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

AviaSpotter xabariga köra, bort «tutun va salondagi yoqimsiz hid» tufayli aeroportga qaytib kelgan. Uşbu ma'lumot keyinçalik xabardan olib taşlandi. FlyDubai aviakompaniyasi samolyot ortga qaytganining sababini Kun.uz’ga telefon orqali ma'lum qilişdan boş tortdi.

«Biz uşbu reys haqida hali rasmiy ma'lumot olganimiz yöq», - dedi FlyDubai xodimi telefon orqali muloqotda.

Poytaxt aeroportidan xabar berilişiça, yölovçilar vaqtinça mehmonxonaga joylaştirilgan.

FlyDubai rasmiy veb-saytining onlayn-jadvaliga köra, xabar e'lon qilingan paytda samolyot aeroportdan hali ham parvoz qilmagan.