Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Adliya vazirligi xabariga köra, Qonun bilan qonun hujjatlariga budjet jarayonida fuqarolarning faol iştirok etişini ta'minlaşga qaratilgan özgartirişlar kiritildi.
Xususan:
davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari loyihasi, ularning ijrosi töğrisidagi hisobotlarning auditi va baholaş natijalari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravişda e'lon qilinadi;
vazirlik va idoralar budjet mablağlaridan foydalaniş, ötkazilgan tanlovlar va sotib olingan tovarlarni yetkazib beriş töğrisida axborotlarni öz rasmiy veb-saytlarida joylaştiradi;
mahalliy budjetlarni ijrosi böyiça hisobotning xalq deputatlari kengaşlarida tasdiqlaniş jarayoni OAVda yoritiladi;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari loyihalari, ularning ijrosi böyiça hisobotlarni hamda kelgusi ikki yilga oid budjet möljali Oliy Majlisga taqdim etilişidan oldin jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi.
Uşbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.












