2019 yilning 29 avgust kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Bahman Oğoroziy Dörmoniy bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, uçraşuv çoğida Afğonistondagi vaziyatning rivojlanişi, afğon muammosini hal qiliş böyiça mintaqaviy va xalqaro sa'y-harakatlar, qöşni mamlakatning iqtisodiy infratuzilmasini tiklaşga yordam beriş borasida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan.
Afğoniston böyiça Özbekiston-Eron hamkorligining konstruktiv xususiyatini inobatga olgan holda afğon masalasi böyiça muntazam maslahatlaşuvlar ötkazişni davom ettirişdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Afğonistonda tinç jarayoniga kömaklaşiş va yirik iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oşiriş böyiça mintaqa davlatlari örtasidagi muloqotni faollaştiriş zarurligi, bu esa mazkur davlatda tinç hayotni yölga qöyişni rağbatlantirişi ta'kidlandi.
Eron elçisi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rahbariyatiga uning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişdagi faoliyati davomida körsatgan konstruktiv hamkorlik va yordami uçun minnatdorçilik izhor etdi.












