2019 yilning 24-30 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanobod şahrida Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasidagi Davlat çegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari böyiça Özbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qöşma komissiyasi işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi.

Foto: TIV axborot xizmati

TIV xabariga köra, muloqot çoğida ikki mamlakat delegatsiyalari Özbekiston-Turkmaniston Davlat çegarasining ayrim uçastkalarida demarkatsiya çiziği loyihasini ötkazişga kelişdilar hamda çegara demarkatsiyasi böyiça normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini yakunladilar.

Uçraşuvda umumiy Davlat çegarasida tomonlar bajaradigan demarkatsiya işlari hajmi ham kelişildi.

Muzokaralar yakunlarida Özbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Tölqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegişli protokolni imzoladilar.

Uçraşuv an'anaviy samimiy va döstona muhitda ötdi, deyiladi vazirlik xabarida.