Bugun, 30 avgust kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi rahbar xodimlari va jurnalistlar iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda 2019–2020 öquv yili tet sinovlari yakunlari, mandat e'lon qilinişining keçikkani, apellyatsiya jarayoni va boşqa muhim savollarga javob berildi. Davlat test markazi direktori Majid Karimov test sinovi javoblarini e'lon qiliş muddati nima uçun keçikkani sabablarini aytdi.
«Mandat test jarayonlari töliq yakunlanganidan keyin bir hafta içida e'lon qilinişi belgilangan. Öqişga kirişda 27 xil imtiyoz mavjud. Ularning juda köpligi natijalarni öz vaqtida e'lon qilişimizni keçiktirdi. Biz abituriyentlarning imtiyoz beruvçi hujjati haqiqiyligini tekşiriş uçun tegişli taşkilotlar - Içki işlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi (maqsadli qabul uçun), Soğliqni saqlaş vazirligi (nogironligi bor şaxslar uçun imtiyozlar) xulosalarini olişimiz ma'lum muddatni talab qildi. Imtiyozli abituriyentlarning hujjatlarini tekşiriş 8ta bosqiçli tekşiruvdan ötkazildi. Bu haqida saytimizda batafsil ma'lumot berilgan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Karimovning qöşimça qilişiça, harbiylar uçun beriladigan imtiyoz turi mandat e'lon qilinişi arafasida özgargani ham yana bir sabablardan biridir va bular mandat berilgan muddatdan atigi bir kunga keçikişiga olib keldi.












