«Jurnalistdan qoçgan rahbar emas». Kabinetni yoqtirmaydigan Andijon viloyat hokimining iş kuniga nazar
|02:00 / 31.08.2019101 41920 min
21 avgust kuni tahririyat ijodiy guruhi hokim bilan bir kun loyihasi doirasida vodiyda böldi. Bu safar Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonovning bir iş kuniga guvoh böldik.
Hokimning hafta kunlari turli masalalar uçun taqsimlangan ekan. Şunga köra, hokim duşanba, seşanba va çorşanba kunlari hududlarni aylanişi belgilangan. 21 avgust kuni çorşanba kuniga töğri kelgani bois, viloyat hokimi bilan tumanlardagi olib borilayotgan işlarni birgalikda kuzatdik.
Hokim iş kunini ertalab soat 6:00da kabinetiga kelib, yangiliklar bilan tanişişdan boşlar ekan. Ijodiy guruh bilan soat 6:30da hokim huzurida böldik va özaro kiçik suhbat ötkazdik.
«Har kuni ertalab kelib birinçi qiladigan işim ijtimoiy tarmoqlarda Andijon böyiça qanday masalalar kötarilgani bilan tanişiş böladi. Keyin esa viloyatimizda bir sutka davomida tegişli taşkilot va organlardan berilgan axborot bilan tanişib çiqaman. Axborot xizmatiga OAV orqali kötarilgan masalalarni örganib çiqişni körsatma qilaman. Kuni keça viloyat haqida 3ta ma'lumot çiqdi. Şaxsiy telefonimga hamma ijtimoiy tarmoqlar ulangan», deydi hokim.
U blogerlarni ham öqib borarkan.
«Albatta blogerlar ham bor. Blogersiz hayot yöq bölib qoldi hozir. Şuningdek, özimning ham feysbuk va instagramda sahifalarim bor. Ertalabdan bir ayol feysbukim orqali maktab-internat masalasida murojaat qilibdi. Şuni öqib viloyat xalq ta'limi boşliği bilan gaplaşdim. Yeçim sifatida internat ham joyida qoladi, eski foydalanilmay yotgan kollejni yangi maktab qilib oçamiz. Bu murojaatçi ham bir bloger. Agar şu sahifalar bölmasa bu muammo ança vaqtgaça yeçilmasdan qolib ketib, yangi muammolarni keltirib çiqarardi», deydi viloyat hokimi.
Şundan söng hokim va uning örinbosarlari iştirokida ertalabki kiçik yiğiliş boşlandi. Unda bir kunlik işlar rejalaştirildi. Bunga taxminan 10 daqiqa ketdi.
7:00. Hokimlik binosida xitoylik investor va biznes ombudsman vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Xitoylik investorlar millionlab tonna qalampirga talab mavjudligi sabab sotib olişga tayyorligi, yer berilsa yetiştirib özlari eksport qilişlari haqida ma'lum qilişdi. Hokim kerakli barça işlarni bajarişni öz zimmasiga olişini aytdi. Uçraşuv söngida mehmonlarga hokimlik sovğalari berildi. Ikkinçi uçraşuv biznes-ombudsman vakillari bilan ötkazildi va investitsiya masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
7:40. Yiğilişlardan söng, hududlarni aylanişga yöl oldik. Jarayon viloyat markazi Andijon şahridan boşlandi. Dastavval, viloyat rahbari markaziy dehqon bozorida (xalq tilida Eski şahar) narxlar bilan tanişdi.
«Xalqimizni qiziqtirayotgan eng katta masala sabzavotlar va göşt narxi. Göşt narxi hozir öynab turibdi. Hozir borib bir körib çiqamiz. Bu bozor Andijondagi eng katta bozor. Hozir hamma joylar gipermarketlarga ötkazilmoqda. Yurtboşimizga rahmat, iltimosimizni qabul qilib bu bozor saqlab qolindi. Sababi şundaki, bu bozor tarixiy ahamiyatga ega», deydi hokim.
Şundan söng, bozordagi sabzavot va göşt narxlari bilan tanişdik. Bozordan çiqqanimizdan söng, hokim savdogarlar aytgan narxlar qançalik haqiqiyligini alohida odam qöyib tekşirtirib olişini aytdi.
8:00. Andijon şahrida 30 million dollarlik xorij investitsiyasi asosida taşkil etilayotgan «Bobur XBK» MÇJ korxonasining ikki obektidagi quriliş işlari bilan tanişildi. Turk tadbirkori hokim bilan suhbatda jami 3 ming kişilik işçi örni yaratiş böyiça rejalarini ma'lum qildi.
8:45. Hokim şaharda joylaşgan 40-sonli jismoniy nuqsonlarga ega bolalar uçun ixtisoslaştirilgan bolalar boğçasidagi şaroitlar bilan tanişdi. Taşrif mobaynida hokim bilan suhbatlaşgan qizaloq «Orzuing nima?» deb berilgan savolga «Yurib ketiş» deya oddiy va samimiy javob berdi. Hokim buning uçun barça işlar qilinişini aytib ötdi.
Şundan söng, viloyat rahbari bilan şahar hududidan çiqib ketdik. Navbatdagi manzil Baliqçi tumani edi. Bu tumanning Örmonbek qişloğidagi sobiq kollej binosi örnida trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişga möljallangan «Tajmahal xakan savdo» MÇJ korxonasining oçiliş marosimi bölişi rejalaştirilgan ekan.
9:40. Hokimuşbu tekstil korxonasi oçiliş marosimida nutq sözladi. «Bu yigit xuddi mana şu yerda bir neça oy muqaddam menga çet davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyişini, işçi örni yaratişini ma'lum qilgandi. Ikkovimiz qöl taşlaşganimizni eslayman. Bu yerda 150 kişilik işçi örni yaratilgan. Ertaga ular işlariga yaraşa iş haqlari olsa, demak yurtboşimiz qöygan vazifaning kiçik bir belgisini taşkil qilibman deyman. Ikkinçidan, bu yerda yana bitta menga soliq tölovçi qöşilmoqda», deya ta'kidladi hokim öz nutqida.
Kiriş sözidan söng yoşi uluğlar bilan korxonaning oçiliş marosimi bölib ötdi va korxona öz faoliyatini boşladi.
Korxonaning oçiliş marosimidan söng, yöl körsatkiçimizni Uluğnor tumani, Döstlik massivida joylaşgan «Şaxrixonlik Zaynura» fermer xöjaligi tomon burdik. Yöl davomida hokim bu taşrifning mazmuni ramziy ma'noga egaligi, ğalla ekiş oldidan bu fermer ayolga möysafidlar bilan duo berilişini tuşuntirib ketdi.
10:00. Fermer xöjaligi hududida bizni yoşi uluğ insonlar va fermer Zaynura Şaripova kutib oldi. Mavsum dehqonçiligi oldidan Qur'on tilovat qilindi va yaxşi niyatlar bilan duo qilindi.
10:30. Dala maydonidan qaytiş vaqtida tuman fermerlari va mutasaddilari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda hokim nutq sözladi: «Bu yil oldimizda katta sinov turibdi. Qasam içib aytamanki, paxta terimida birorta budjet taşkiloti xodimini dalaga yaqinlaştirmayman. Undan köra, paxta dalada qolsa qolib ketsin. Qolmaydi albatta. Hammasini teramiz. Lekin budjet taşkilotlari bilan emas».
«Hokim ham bir odam»
11:00. Dehqonlar bilan suhbatdan söng, yöl-yölakay «Real milk» MÇJ qoramolçilik kompleksiga kirib ötdik. Bu yerda çorvador fermer bilan suhbat qurildi va u öz rejalarini aytib ötdi.
Uluğnor tumanidan söng, Böz tumani tomon yölga otlandik.
11-55. Tumanda taşkil etilişi kutilayotgan «Sayyora favvorasi» MÇJ trikotaj fabrikasining quriliş işlari bilan tanişildi. Bu korxona 300 iş örniga ega bölişi belgilangan ekan.
Bu obektdan söng Şahrixonga qarab yölga tuşdik.
Yöl davomida hokim şunday gaplarni aytib ötdi: «Bilasizmi, qaysiki kasb bölsin, uni tayyorlovçi institutlar bor. Şifokor, öqituvçi, maşinasozlar va boşqa kasb egalarini olaylik. Hammasini tayyorlovçi muassasalar mavjud. Lekin hokim tayyorlovçi institut yöq. Hokim hamma narsani bilişga majbur. Dalaga borsa, dehqon bölişi kerak. Qurilişga borsa, quruvçi bölişi kerak. Ta'limga borsa, öqituvçi böliş kerak. Tadbirkorning oldida tadbirkor bölişi kerak, yöqsa aldanadi. Lekin hamma narsani bilaman deyiş notöğri. Hokim ham bir odam. U ham adaşişi mumkin. Özimizning ustimizda işlayapmiz, ammo baribir qayerdadir xatoga yöl qöyayotgan bölişimiz mumkin».
12:20. Oğir hudud sanalmiş «Birlaşgan», «Tumor» mahallaridagi olib borilayotgan işlarni közdan keçirib borar ekan, hokim bizni hududdagi yöl, içimlik suvi böyiça işlar bilan taniştirib bordi. Şu orada ta'mirlanayotgan qabristonga ham töxtab ötdi va mas'ullarga körsatma berdi. Ança vaqtdan beri mulkdori foydalanmay yotgan binoni bolalar boğçasi sifatida rekonstruksiya işlarini tekşirib ötdi.
12:40. Bu vaqtda uşbu oğir hudud aholisi uçun möljallab qurilgan 45-maktabning oçiliş marosimida böldik. Hokim öz nutqida maktab 420 örinli bölib, 4 milliard sömdan ortiq mablağ sarflangani, bundan maqsad hududdagi bolalar yaxşi öqib tahsil olişiga erişiş ekanini ta'kidladi. Marosim davomida öquvçi bolalar suhbatlaşdi va yangi maktabni közdan keçirdi.
Maktab foydalanişga topşirilganidan söng, viloyat hokimi va tuman tadbirkorlari uçraşişi uçun belgilangan maişiy xizmat kolleji binosiga yöl oldik.
13:10. Tadbirkorlar hokimga özlarining loyihalarini taniştirib berişdi. Tadbirkorlardan biri öz mablağlari hisobidan iş boşlayotganini aytdi va Navröz bayramida faoliyatini boşlaşni rejalaştirganini ma'lum qildi. Hokim tomonidan «bizga qanday xizmat?» deya berilgan savolga «Oçiliş marosimiga şaxsan özingiz kelsangiz» deya javob qaytarildi va hokim tomonidan taklif qabul qilindi. Tadbirkorlar bilan suhbat davomida hokim muammo bölsa, töğridan-töğri öziga aloqaga çiqişlari mumkinligini qöşimça qildi.
Asakaga taşrif: ikki tadbirkor bellaşuvi, muhojir yigit janozasi va kutilmagan murojaat
Piçoqçilar yurti bölmiş Şahrixondan söng, avtomobilçilar yurtiga aylangan Asaka tomon yöl oldik. Hokimning uşbu tumanga taşrifi biz uçun kutilmagan holatlarga boy keçdi.
14:30. Niyozbotir qişloği, «Mehnatobod» MFYda böş yotgan sobiq parrandaçilik kompleksi yangi egalariga topşirilişi rejalaştirilgan va bu masalada ikki tadbirkor talabgor ekan. Obektni topşiriş böyiça qaror qabul qiliş uçun hudud möysafidlari çaqirtirilgan.
Yiğilganlarga hokim quyidagilarni aytib ötdi: «Bir vaqtlar xususiylaştiriş boşlandi. Bu özimniki degan qaraş uyğonsin, şunda öğirlatmaydi, pul tikadi degan öy bilan qilingan. Şunda bir xato bölganki, öşa odamlarga majburiyat yuklanmagan. Heç qanday majburiyat olmagan. Natija nima böldi? 70 foizi buzib ketdi. Andijon viloyati respublikaning 1 foiz hududini taşkil etadi, aholisi esa 10 foizini. Tadbirkorga berilgaç işlatişi kerak. Özi qilsin, investor topsin yoki ikki qölini kötarib topşirsin. Viloyat böyiça xatlov qilgan edik, 3770ta şunday foydalanilmay, xonavayron bölib yotgan obektlarni aniqladik. Bu yerga sizlarni yiğişimizdan maqsad oçiq öyin qilamiz. Bu yangi tadbirkorlarni birgalikda sinovdan ötkazamiz».
Ikki tadbirkor öz loyihalarini oğzaki tarzda taniştirib ötişdi. Viloyat hokimi va qişloq kattalari investitsiya va muddatlar masalasini puxta örganib, söngra qaror qabul qilişga kelişişdi.
15:30. Uşbu qişloq yöllaridan ötayotgan vaqtimizda bir qiziq holatga duç keldik. Eski holatga kelib qolgan ikki qavatli uy egalari, bir guruh ayollar norozi holda yöl çetida turişgan ekan. Viloyat rahbari maşinani ularning oldida töxtatişga buyruq berdi.
Bu ayollar uylari yomon holga kelib qolgani, uylarni ta'mirlaş uçun bank tomonidan 9 foiz kredit ajratilayotgani, lekin bunça foizli kredit tölaşga qurbi yetmasligi, şaroitlari faqat 6 foizlik kredit olişga yetişini aytişdi. Viloyat hokimi murojaatçilarni eşitib, söng bank bilan gaplaşib aholi uçun 6 foizga tuşirib berişini, qolgan 3 foizi hokimlik hisobidan berilişini aytdi.
15:50. Uşbu kompleksdaligimizda şu qişloqda yaşovçi bir yigit Rossiyaga işlagani ketgan ukasini qidirib ketgani va begona yurtda vafot etib, mayiti qaytib kelganini aytib qoldi. Ta'ziya bildiriş uçun uşbu xonadonga kirdik. Ta'ziya bildirar ekan hokim bu avvalo uning aybi ekani, bu fojia vaqtida işçi örinlari yaratmagani tufayli sodir bölganini aytib oiladan uzr söradi. Hokim ma'rakaning xarajatlarini zimmasiga oliş bilangina yordam qila olişini aytib hamdardlik bildirdi.
Asaka tumanidan söng, Marhamat tumanida olib borilayotgan «Obod tuman markazi» dasturi doirasida qilinayotgan quriliş-ta'mirlaş işlari bilan tanişdik.
17:00. Uşbu qurilişlardan söng, şoir Muhammad Yusuf yurti sanalmiş Qovunçi qişloğida böldik. Bu yerda ta'mirlanayotgan Muhammad Yusuf maktabi va qabristonga kirib ötdik. Qabristondagi işlar bilan tanişiş vaqtida hokim oldidan bir tadbirkor çiqib qoldi va özining şikoyatini ayta ketdi.
«Men ham özimning hisobimdan bir qabristonni ta'mirlayotgan edim. Bahorda sizga uçraganman. 500ta qoramol olib kelaman deb aytgandim. Hozirça 100ta qoramol, 150ta Şveytsariya eçkisi olib keldim. Biroq, yerdan ozroq muammoimiz bor. Adirdan yer olganmiz. Buğdoy rejasini ham bajarib berdik. Suvdan muammo borligi sababli, yerdan bir marta hosil olyapmiz. Şunga iloji bölsa pastroq joydan ham 20-30 gektar yer kerak», deydi tadbirkor Uluğbek Yulçiyev.
«Böldi, yeringni men hal qilib beraman. Undan muammo yöq. Qoramol qaçon 500ta böladi?», deya uning murojaati hal qilinişini aytdi hokim va tadbirkorning va'dasini oldi.
Şu yerda qişloq oqsoqollari ham bitta namozxona qilib berişni iltimos qilişdi. Hokim loyiha tayyorlanib, bunga ham mablağ ajratilişiga körsatma berdi.
Marhamat tumanidan söng, hududlarni aylanişni Xöjaobod tumaniga yönaltirdik. Soat taxminan 18:00dan soat 19:00gaça «Samo tekstil» korxonasi tomonidan yangi qurilayotgan beton işlab çiqaruvçi kompleks va tekstil mahsulotlariga möljallangan «Oliy standart teks» MÇJning oçiliş marosimida böldik. Oçiliş marosimida viloyat rahbari tadbirkor Nuriddin Abdurahmonovga alohida minnatdorçilik bildirdi. Uşbu korxona loyihasi vaqtida viloyat hokimi oçiliş marosimida qatnaşişga kelişini va'da qilgani, bunday işlardan çarçamasligini aytib ötdi va kabinetni yoqtirmasligini tilga oldi.
Hokim yöl davomida nega barça oçiliş marosimlarida qatnaşişga harakat qilişini tuşuntirib berdi.
«Bu tadbirkorlarga bu binolarni beriş vaqtida ular bilan qöl taşlaşamiz. Bu işni yaxşi qilib yölga qöysa, oçiliş marosimlariga borişni ham va'da qilaman. Ham va'daga vafo, ham aytilgan işlar rostdan qilindimi, yöqmi tekşirib olaman. Ruslar aytadiku, «Doveryay, no proveryay» deb. Şuningdek, agar bitta tadbirkor paydo bölsa, işçi örni böladi, işlab çiqariş böladi hamda bitta soliq tölovçi köpayadi. Soliq bilan davlat budjetidan oşiq qismi mahalliy budjetga beriladi. Bu pul bilan men köçalarni asfalt qilaman, içimlik suvi va hokazolarni qilişim mumkin böladi», deydi u.
Xöjaoboddan Xonobodga ötdik. Şu orada Qörğontepa tumanida joylaşgan «Muruvvat uyi»ga kirib bu yerdagi jismoniy holatida nuqsoni bor bolalar holidan xabar olindi. Hokim bolalarga sovğalar ulaşdi. Uşbu joydan qaytar vaqtimizda hokim tez-tez şu joyga kirib ötişini, bolalar holidan xabar olsa, könglidagi ğaşliklar, stresslar ozroq bölsa-da kamayişini aytdi.
«Jurnalistdan qoçgan rahbar, rahbar emas»
Uzoq vaqt hududlarni aylanib Andijonning eng xuşmanzara joyi Xonobodga ham kirib keldik.
20:30. Şaharga kiriş joyida adabiyotşunos Rahmon Qöçqor bilan uçraşib qoldik. U hokim bilan ba'zi masalalarda suhbatlaşişi lozimligini, keyinroq bir yoniga kirib ötişini aytdi. Uning taklifiga javob sifatida viloyat hokimi quyidagilarni aytdi: «Har qanday vaqt oldimga kelişingiz mumkin. Eşigim doim oçiq. Şu örinda bir gap. Jurnalistdan qoçgan rahbar, rahbar emas. Nega masalan men jurnalistlardan qoçişim kerak?! Men işlayapman-ku? Töğri, uzoq yillar davomida töplanib qolgan muammolarni yeçiş oğir bölyapti. Lekin şu işlaşda bölsa, 1-2 yilda xalqimizni öylantirayotgan hamma masalalarni yeçamiz».
21:00. Hokim yangiça loyiha sanalmiş «Kubikoin» korxonasi tomonidan Bitkoin (elektron pullar, 1,2 million dollar) hamda elektromobil işlab çiqarilişini (7 million dollarlik) közdan keçirdi va xorijlik investorlar bilan uçraşdi.
21:30. Yuqoridagi işlar bahonasida Xonoboddagi dam oliş uçun möljallangan dala hovlilar kompleksiga taşrif buyurdik va hovlilardan birida böldik.
«Bu hovlilar 24-25 kunda şu holatga keltirildi. Prezidentimizning ğoyasi şunday bölyaptiki, Andijon ahli şanba-yakşanba kunlari qayerda dam oladi? Andijonda heç qayerda joy yöq-ku. Xonobod bilan Andijon şahri örtasida 6-7 daraja farqi bor. Bu yerni bejizga «Özbekiston Şveytsariya»si deb aytişmaydi. Şuning uçun, muhtaram prezidentimiz kelgan vaqtda «bu yerlarda odamlar uçun qulay, arzon loyiha qilinglar. Qimmati kerak emas», deb topşiriq bergandi. Şu sababli, buni hammaga e'lon qildim. Mana xohlovçilar bölsa, mana loyihasi 60 million sömlik, mana yer 2 sotixdan deb aytdim. Budjet taşkilotlari xohlasa ham bermadim. Çunki ertaga menga ortiqça gap kerak emas. Bu yerda qanaqa majburiy mehnat bölişi mumkin?! Haşar deganda faqat Vazirlar Mahkamasining 17-18 avgust kunlari umumxalq haşari deb e'lon qilindi. Yakşanba kuni (18 avgust – tahr.) şu yerdan yer olgan taşkilotlarimiz, tadbirkorlarimiz özlari çiqişib haşarni şu yerda ötkazişdi. Buning qanday noqonuniy joyi bor? Yölni «Avtoyöl», suvni «Suvoqova» taşkiloti, elektrini elektr uçun mas'ul taşkilot, gul köçatlarini obodonlaştirişdagilar qilişmoqda. Hammasiga mahalliy budjetdan mablağ ötkazib berdik. Tadbirkorlar, taşkilotlar xodimlarini jönatib tursa, madaniy hordiq olişi uçun zamin bu. Xudo xohlasa, keyingi yili Navröz bayramini şu yerda ötkazişni niyat qilyapman. Yurtboşimiz sayil tariqasida bölsin deb aytmoqda», deydi hokim.
Şu bilan tumanlardagi işlarni közdan keçiriş jarayoni tugadi va viloyat markaziga qaytdik. Oldinda 1,5 soatli yöl bor edi.
«Qölimizda bir söm pul yöq edi»
23:00. Hokim iş kabinetiga qaytganidan söng, bir kunlik yiğilib qolgan hujjat işlari bilan maşğul bölar ekan.
Hujjatlarni körib çiqar ekan viloyat hokimi bizga yuzlandi.
«Mana salkam 18 soat yurib hududlarni közdan keçirib çiqdik. Prezidentimiz hokimlarga investitsiya, aholi muammolari, tadbirkorlar masalasida bemalol, töğri işlaşi uçun hamma şaroitlarni qilib berdi. Men avval ham rahbar bölib işlaganman, lekin u vaqtlarda qölimizda bir söm pul yöq edi. Biror muammoni hal qiliş uçun «yuqori»ga xat yozardik. Hozir ma'lum soliq tuşumlarini qilsak, ortiğini mahalliy budjetga tuşiriş yölga qöyildi. Bu yil hisobidan 1 trillion söm viloyat mahalliy budjetiga tuşişini niyat qilganmiz. Hududlarda biror muammo bölsa, mahalliy budjetimizdan hal qila olamiz. Şunday imkoniyatlarda qattiq işlamasak vijdon ham qabul qilmaydi. Hozir hokim böliş ham şaraf, ham juda katta mas'uliyatdir», deya sözlarini yakunladi viloyat hokimi.
Şundan söng viloyat hokimi bilan xayrlaşdik. Hokim hali ozroq hujjat işlari borligini aytib uzr sörab, kabinetida qoldi.
Qöşimça örnida: Kun.uz uşbu loyihani davom ettiradi va hokimlar, turli mansabdor şaxslarning bir iş kuni qanday ötişini öquvçilarga taqdim etib boradi.