Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantiriş töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“Özbekkosmos”) taşkil etilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasining Yöldoş aloqa texnologiyalari boşqarmasi tugatildi va uning böşaydigan 5 ta ştat birligi “Özbekkosmos” agentligiga ötkazildi.

Belgilanişiça:

“Özbekkosmos” agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yönalişlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan davlat boşqaruvi organi hisoblanadi;

“Özbekkosmos” agentligi xodimlarining çeklangan soni 37 ta ştat birligini taşkil etadi;

“Özbekkosmos” agentligi boş direktori, boş direktor örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

“Özbekkosmos” agentligi boş direktori maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şartlariga köra vazirning birinçi örinbosariga, boş direktor örinbosarlari esa vazir örinbosarlariga tenglaştiriladi;

“Özbekkosmos” agentligi Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.

Quyidagilar “Özbekkosmos” agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:

kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yönalişlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;

Özbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirişning davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;

kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaş, şu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş;

kosmik faoliyat sohasining lozim darajada rivojlanişi, sohaga tegişli va u bilan boğliq işlar, xizmat körsatişning bajarilişini ta'minlaş maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş;