Polşa harbiy modernizatsiyalaş doirasida AQŞdan 32 ta F-35 qiruvçi samolyoti sotib olmoqçi. Bu haqda Polşa ma'muriyatining yuqori lavozimli  vakili xabar berdi. 

Uning aytişiça, avvalroq AQŞ va Polşa prezidentlari Polşada AQŞ harbiy kontingentini ming kişiga oşirişni közda tutuvçi kelişuvni imzolaşgan.

F-35’dan Turkiya ham sotib olmoqçi bölgandi, biroq AQŞ Anqara Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olgani sababli samolyotlarni sotişni töxtatgan.