Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam soğlik, omonlik va muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş ham Özbekiston prezidenti va xalqiga bayram tabrigi yölladi.
«Mustaqillik kuni munosabati bilan Özbekiston xalqiga eng samimiy tabriklarimni bildiriş menga katta mamnuniyat bağişlaydi.
Biz xalqaro hamkorlik har qaçongidan ham zarur bölgan murakkab davrda yaşamoqdamiz. Biz, Xalqlar, tinçlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini ta'minlaş yölida vijdon bilan birlaşsak, butun dunyo bundan yutadi.
Uşbu bayram kunida mamlakatingiz Birlaşgan Millatlar Taşkilotini mustahkamlaşga kömaklaşiş hamda barça uçun yorqin kelajakka erişiş borasidagi umumiy sa'y-harakatlarimizni ilgari surişda faol iştirok etadi, degan umiddaman.
Janobi Oliylari, Sizga bölgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz», deyiladi tabrik matnida.
Bungaça quyidagilar öz qutlovlarini yöllagandi:
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp
Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi
Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilxom Aliyev
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko












