Ferrari jamoasi a'zosi Şarl Lekler «Formula-1» poygasining Belgiya bosqiçida ğolib böldi. Bu uning poygadagi ilk ğalabasi böldi. 

Marra çiziğini ikkinçi bölib amaldagi peşqadam va çempion Lyuis Xemilton (Mercedes), uçinçi bölib finlyandiyalik Valtteri Bottas (Mercedes) kesib ötgan.

Xemilton umumiy hisobda 268 oçko bilan yetakçilik qilmoqda. Bottas 203 oçko bilan 2-örinni egallamoqda.

Belgiya bosqiçi «Formula-2» poygasi vaqtida halok bölgan fransiyalik poygaçi Antuan Yuberning xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boşlangan. 

Poyganing keyingi bosqiçi 6-8 sentabr kunlari Italiyaning Monsa şahrida bölib ötadi.