Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugungi kunda dunyoning eng ğalati davlat rahbarlaridan biri sifatida tilga olinadi. Mamlakatning eng maşhur şoumeni ajoyib kunlarning birida şu mamlakat prezidenti bölişini tasavvur qiliş çindan ham qiyin. Bu şoumen filmlardan birida prezident rolini öynagan bölsa ham. Ha, xuddi simpsonlar multfilmidagi voqealar töğri çiqavergani kabi Zelenskiy ham «Sluga naroda» filmida prezident rolini öynagan.

Endilikda Ukraina prezidentiga aylangan Zelenskiy Igor Kolomoyskiyning «1+1» telekanaliga prezidentligining 100 kuni qanday ötgani haqida intervyu berdi. Zelenskiyga yuqorida nomi tilga olingan filmda boş vazir rolini öynagan Stanislav Boklan suhbatdoş böldi. Intervyu davomida Ukraina prezidenti köplab mavzulardagi savollarga qisqa-qisqa javob berdi.

«Prezident issiq vannada yotişi yaramaydi...»

Alena va Vladimir Zelenskiy

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uning nomidan kim izoh qoldirişi haqidagi savolga Zelenskiy qisqa javob berdi: «Şaxsan özim yozaman». Ayoli bilan qaysi mavzularda maslahat qilişi haqida savolga javob berar ekan Ukraina yetakçisi xotinini aqlli ayol deb atadi: «Juda murakkab holatlarda u bilan maslahat qilaman. U juda aqlli ayol. Odamga töğrisini ayta oladigan döst kerak. Issiq vannada çözilib yotişdan naf yöq, ayniqsa sen Ukraina prezidenti bölsang».

«Onam hozir ham kuniga uç marta qönğiroq qiladi»

Zelenskiyning aytişiça, u qaysi lavozimda işlayotganidan qat'i nazar onasining farzandi bölib qolgan: «Onam oldin ham kuniga uç marta qönğiroq qilardi. Hozir ham bu odatini taşlamagan (kuladi). Otam bilan esa köproq gaplaşadigan böldik. U bilan ança yaqinlaşdim. Otam oldin umuman aytmagan gaplarini ham aytadi. Telefonda u menga öta jiddiy masalalarda ham maslahatlar beradi».

«Xavf bor, kimdanligini ayta olmayman»

Vladimir Zelenskiy va prezident ofisi rahbari Andrey Bogdan

Suhbatdoşlar Zelenskiyning uyidagi suhbatni töxtatib, qolganini maşinada davom ettirişdi. Şunda Zelenskiydan «Nega velosipedda yurmayapmiz?», deb söraşdi («Sluga naroda» filmida prezident rolini öynagan Zelenskiy velosipedda yuradi). Prezident buning sababini tuşuntirdi: «Qiyin savol. Men bunga harakat qildim, ammo ruxsat berişmadi. Hozirça çindan xavf bor... kimdan ekanini, uning familiyasini aytmayman, ammo xavf çindan mavjud. Ba'zi holatlarda bunga guvoh böldim».