Jahon | 18:20 / 02.09.2019
33647
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya posyolkasidagi uzoq kutilgan yangi ko‘prik ochilgan kunining ertasiga qulab tushdi

Foto: Anastasiya Pristav

Sverdlovsk oblastining Filkino posyolkasida Kakva daryosi ustiga qurilgan yangi ko‘prik ochilish marosimining ertasiga qulab tushdi. Bu haqda Ura.ru. xabar bermoqda.

Aholi bu ko‘prikni 2017 yildan buyon kutayotgandi. Ularga avvaliga balandligi besh va eni 1,5 metrli ko‘prik qurib berish va'da qilingandi. Keyin esa eni bir metrli ko‘prik qurildi.

«Judayam tor. Bir sutkadan so‘ng qulab tushdi», — dedi nashr bilan suhbatda posyolkada yashovchi Anastasiya Pristav.

Serovskiy shahar okrugi rahbari Vasiliy Sizikovning aytishicha, ko‘prik qurilishi davom etmoqda va hali foydalanishga topshirilmagan.  

Kakva ustidagi ko‘prik 2017 yilda buzilib ketgan, ma'muriyat aholiga daryoni kechib o‘tishda qayiqlardan foydalanishni taklif qilgandi. Prokuratura buni xavfli deb topgan, sud meriyaga ko‘prikni tiklashni topshirgandi. Ammo hokimiyat bu qaror ustidan shikoyat qilgach, tergov qo‘mitasi amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Mavzuga oid