Bu safargi ro‘yxatda sizni Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+, klaviatura va takrorlanmas korpusga ega Unihertz Titan, ikki ekranli Nubia Z20 va boshqa yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+ 

Yakunlangan oyning eng asosiy yangiligi — Samsung’dan flagman tipidagi ikki smartfon. Galaxy Note 10 va Note 10+ mutlaqo bir xil ko‘rinishda, ammo hajm va ba'zi xususiyatlari bilan farq qiladi. Ikki uskuna korpus ichiga yashiriladigan stilus bilan ta'minlangan.

Galaxy Note 10 va Note 10+ smartfonlariga HDR10+ standartidagi Dynamic AMOLED ekrani o‘rnatilgan va barmoq izi skaneriga ega. Diagonal kichik modelda — 6,3 dyum, imkoniyatlari — 2 280 x 1 080 piksel. Katta modelda ekran diagonali 6,8 dyum va 3 040 x 1 440 nuqtali.

Samsung muhandislari frontal kamerani stilusga o‘rnatish niyatida ekani haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi: 10 Mp’li selfi-modul displey ustki qavatidagi mitti tirqichga joylashtirilgan. Mustaqil DxOMark manbasi mutaxassislari qurilmaning asosiy kamerasini allaqachon bozorda eng mashhuri deb belgilashdi: u sinovlarda avvalgi lider Huawei P30 Pro’ni ortda qoldirib, 113 ball to‘plagan. Note 10’da kamera uchta sensordan tashkil topgan: 12 Mp (OIS), 12 Mp (ikki karra yaqinlashtirish, OIS) va 16 Mp (123°). Note 10+ shunindek, obektlarning 3 o‘lchamli modelini yaratuvchi ToF-datchiki bilan jihozlangan.

Ikkala smartfonning ichki tuzilmasi o‘xshash: Exynos 9825 baquvvat protsessori, 8 yoki 12 GB tezkor va 256 yoki 512 GB ichki xotira, microSD kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetlar akkumulyator hajmi bilan farq qiladi: Galaxy Note10’ning batareyasi 3 600 mA·s,  Note10+’da esa — 4 300 mA·s. Ikkisi ham tezkor va simsiz quvvat olish xususiyatiga ega.

Stilus Galaxy Note10 smartfonlariga bir necha qiziqarli xususiyatlarni taqdim etgan. Uning yordamida nafaqat suratlar chizish va qo‘lyozma matn kiritish, balki masofadan kamera va boshqa ilovalarni boshqarish mumkin.

Texnik tavsifi

Displey: Note 10’da Dynamic AMOLED, 6,3 dyuym, Full HD+ (1 080 × 2 280 piksel) va 6,8 dyuym, Full HD+ (1 440 × 3 040 piksel) Note 10+’da