Jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari yuzasidan qator suhbatlar uyuştirib, öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi özbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri, adib Murod Muhammad Döst böldi.

Quyida adib Murod Muhammad Döst va sayt jurnalisti Ilyos Safarov örtasida keçgan suhbatning ikkinçi qismi bilan tanişişingiz mumkin.

- Murod aka, köp yillar mamlakat rahbariyatidagi yuqori lavozimlarda işladingiz. Bu yillar içida davlat anatomiyasining, boşqaruvining içida böldingiz. Ayting-çi, şu vaqt davomida özingizga qanday xulosalar oldingiz va bugun xuddi siz kabi, öşa lavozimlarda işlayotgan amaldorlarimizga qanday maslahatlar bergan bölardingiz, ular nima qilsaki yoki qanday bölsaki xalqqa yaxşi böladi?

- Biz işlagan davr bilan bugungi kunning farqi katta. Oradan salkam öttiz yil ötib ulgurdi. Boşqaruv tarkibi, usullari özgardi. Menda birovga maslahat beriş istagi yöq. Köproq özimning orzularimni aytişim mumkin. Ularning bir qismini sal oldin aytib ulgurdim ham.

Yaqinda Prezident Mirziyoyev Belorusiya safaridan qaytib, ular 2.5 milliard dollarlik axborot texnologiyalari eksport qilarkan, deb aytdi. Odatda bu sohadagi raqamlarga sal ehtiyot bölib qaraş kerak, negaki MDH mamlakatlarida IT eksportiga aloqa, xususan, suniy yöldoşlar yordamida körsatilgan kommunikatsiya xizmatlarini ham qöşib hisoblaş rasm bölgan. Deylik, Rossiya, bizda IT eksporti 10 milliard dollarga teng, deb e'lon qiladi. Aslida esa, hozirgina aytilgan xizmatlar qiymatini çiqarib taşlasak, IT eksporti bor-yöği 4,5 milliard dollarni taşkil etadi. Ukrainada – taxminan 3 milliard dollar. Belorusiyaning, Rossiyadan farqli ölaroq, bittagina “Belka” degan sun'iy yöldoşi bor, şu sabab, ularning IT eksporti 2-2,5 milliard dollar bölişi mumkin. Mayli, yiliga 2 milliard ham böla qolsin. Bu – bizning bir yilda paxta eksportidan topadigan foydamizdan 2 barobar köp.

Bir zamonlar Hindiston çetga 6 milliard dollarga teng IT eksporti qiladi, degan xabarni öqib, juda havas qilganman. Döstlarga ularning yutuğini aytib yurganlarimni eslayman. Yodimda, ular menga, Hindistonda salkam 1,5 milliard odam yaşaydi, bizdan neça barobar köp, aholi nisbatini olib qarasa ulardan miyali odamlar köproq çiqadi-da, deb taskin berişgan.

Bugun Hindiston 1 milliard 339 million (2017 yil ma'lumoti) kişilik aholisi bilan yiliga 55 milliard dollarga teng IT eksportiga ega.