Polşaning Özbekistondagi elçixonasi taklifi bilan bir guruh jurnalistlar Köhna Qit'aning bu davlatiga maxsus safar – mediatur uyuştirdilar. Ikkinçi Jahon uruşi boşlanganining 80 yilligiga bağişlab ötkazilgan qator tadbirlarda dunyoning turli burçaklaridan mehmonlar taşrif buyurdilar. Ular safida bölgan Kun.uz sayti vakili umuman Polşa safari xotiralari, dastlab tarixiy Gdansk şahri haqidagi taassurotlari bilan bölişmoq niyatida.


Boy tarix
Gdansk (Dansig) şahri haqidagi dastlabki ma'lumotlar uzoq 997 yilga borib taqaladi. Köhna tarixi davomida bu şahar bir neça davlatlar, qirolliklar tasarrufida kirgan, hatto ma'lum muddat alohida va mustaqil şahar maqomida ham bölgan.

Tarix bu şaharning har bir binosida, hamma köçalarida va oddiy yölaklarida ham aks etib turadi. Aynan mana şu şaharda insoniyat tarixidagi eng oğriqli davri – Ikkinçi Jahon uruşi boşlangan.

Noyob me'morçilik
Bu şahar azaldan savdo nuqtalaridan biri, madaniy markaz bölib kelgan. Har bir inşoot, turar-joylaridan tortib madaniy-maişiy binolargaça öziga xos va takrorlanmas. Lekin ming afsuski Ikkinçi Jahon uruşi bombardimonlarida şahar butkul vayron qilinadi, markaziy qismi kuyib kultepaga aylanadi. Yetti asrdan ortiq qurilgan biri-biridan çiroyli binolar uç kun davomida uzluksiz alanga içida qoladi.


Uruş yakunlanganidan söng bu inşootlar qayta tiklanadi. Ammo bugun Gdanskka taşrif buyurgan mehmon bu binolar XX asrda qurilganini payqamaydi ham. Çunki har burçakdan boy tarix ufurib turadi.

Dengiz, daryolar va baliqli xuşta'm taomlar












































