«Inter» hujumçisi Mauro Ikardi faoliyatini «PSJ»da davom ettiradi.
26 yoşli argentinalik forvard «neradzurri» bilan şartnomasini 2022 yilgaça uzaytirdi va ijara asosida parijliklar klubi safiga ötdi.
«PSJ»da u bir mavsum uçun 8 million yevro miqdorida yillik maoş oladi, yana 2 million yevro bonuslar sifatida berilişi mumkin. Fransuzlar klubi keyingi yil yozida futbolçini 70 million yevro evaziga sotib oliş huquqiga ega.
Agar argentinalik futbolçi mavsum yakunlangaç «Inter»ga qaytsa uning 2020/21 yilgi mavsumdagi maoşi 5 million yevroni taşkil etadi, 2021/22 yilgi mavsumda esa – 7 million yevro.
Ikardi transferlar darçasining sönggi kunida «PSJ» qarorgohiga kelib, tibbiy körikdan ötdi va yangi jamoasi bilan şartnomani imzoladi.
Yangi klubida 18 raqamli futbolkada töp suradigan Ikardi öz transferi böyiça fikrlarini bildirib ötdi.
«PSJ» rahbariyatiga işonç bildirişgani uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman. Men yangi jamoamga barça turnirlarda imkon qadar uzoqroqqa borişi uçun qölimdan kelgança yordam körsataman.
«PSJ» xalqaro futbol kuçiga aylandi va sönggi yillarda qator kuçli futbolçilarni tarkibga qöşib oldi.
Klub hozir kötariliş pallasida, jamoada katta ambitsiyalar bor, men işonamanki bu yerda köproq narsalarga erişiş uçun barça imkoniyatlar mavjud.
Men gözal va jozibali «Park de Prens» stadionida maydonga tuşişimni sabrsizlik bilan kutmoqdaman», – degan Ikardi.
Ötgan mavsum davomida uşbu futbolçi «Inter» murabbiylari ştabi va rahbariyati bilan ziddiyatga borgaç, sardorlik boğiçidan mahrum qilindi hamda tarkibdan vaqtinça çetlatildi. U jamoaning yangi boş murabbiyi Antonio Kontening ham rejalaridan joy olmagaç, klub uni ijaraga berib yuborişga qaror qildi.












