«Real» darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
«PSJ» klubi öz saytida kostarikalik posbon transferini e'lon qildi.
Avvalroq Marca naşri Parij klubining 32 yoşli darvozabon uçun 13 mln yevro tölaşi haqidagi xabarni tarqatgan edi.
Navas «Real»ga 2014 yil yozida «Levante»dan 10 mln yevroga ötgan. Bu mavsumda darvozabon maydonga tuşmadi. Uning «qaymoqranglilar» bilan tuzgan şartnomasi muddati keyingi yil yozida tugaydi. Navas Madrid klubidagi 5 yillik faoliyati davomida 12ta sovringa ega çiqqan, şulardan 3tasi YeÇL ğolibligidir.












