Rossiya davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin sentabr örtalarida Özbekistonga keladi hamda Nur-Sultonda Yevrosiyo davlatlari parlament spikerlarining 4-yiğilişida iştirok etadi.
“16 sentyabrda davlat dumasi spikerining Özbekistonga taşrifi bölib ötadi. Taşrif vaqtida Özbekiston parlamentçilari bilan muzokaralar va mamlakat rahbariyati bilan uçraşuvlar rejalaştirilgan”, deyilgan davlat dumasi xabarida.
Ta'kidlanişiça, Rossiya davlat dumasining Volodin boşçiligidagi delegatsiyasi 23-24 sentabr kunlari Nur-Sultondagi yiğilişda iştirok etadi.
“Yiğilişda Yevrosiyo qit'asida integratsiya jarayonlarini ilgari suriş masalalari, şu jumladan iqtisodiyot sohasida köp tomonlama loyihalarni amalga oşiriş, davlat raqamli iqtisodiyoti va raqamli suverenitetini rivojlantirişni qonuniy ta'minlaş, terrorçilikka qarşi kuraşiş va xavfsizlikni mustahkamlaş muhokama qilinadi”, deyilgan xabarda.

















