3 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari akademiyasi taşabbusi bilan Toşkent şahri köçalari böylab 5 kilometrlik marafon ötkaziladi.
Uşbu marofon Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi bayrami munosabati bilan taşkil qilinmoqda.
Marafonda Qurolli Kuçlar akademiyasi şaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boşqa taşkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar iştirok etadi. Şu sababli Toşkentning Kiçik halqa yölining bir qismi, Taraqqiyot, Mirzo Uluğbek va Parkent qöçalarining ayrim qismlarida harakat çeklanadi.
«Keltiriladigan noqulayliklar uçun oldindan uzr söraymiz.
Marafon soat 06:00da Qurolli Kuçlar akademiyasining saf maydonidan start oladi. Unda iştirok etiş istagini bildirganlarni uşbu salomatlik marafoniga taklif etib qolamiz», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.












