“Fuqarolik holati dalolatnomalari töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilib, parlament quyi palatasining 2019 yil 22 iyul kuni bölib ötgan majlisida birinçi öqişda qabul qilindi, deb yozmoqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bunyod Eşonqulov.

Qayd etilişiça, ayni vaqtda mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan maromiga yetkazilmoqda. Şuningdek, xorijiy davlatlarning tegişli qonunlari ham atrofliça örganilmoqda.

Qonun loyihasida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi FHDYo arxivlariga rahbarlikni amalga oşirişi, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşi, şuningdek, xodimlarning mehnatiga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş böyiça çoralar körişi, FHDYo arxivi mudiri va xodimlarini lavozimlariga tayinlaşi va lavozimdan ozod etiş vakolatlari belgilangan.

Ekspertlar, deputatlar iştirokida qonun loyihasidagi havolaki normalar çiqarilib, töğridan-töğri işlaydigan moddalar kiritilmoqda.

Bugungi kunga qadar FHDYo organlari öz faoliyatlarini bir qança qonunosti hujjatlari asosida amalga oşirib kelgani oqibatida ularning faoliyatida ayrim kamçiliklar va muammolar, byurokratik holatlar uçramoqda. Uşbu qonun loyihasining qabul qilinişi bunday salbiy holatlarning oldini olişga yordam beradi.

Şuningdek, qonun loyihasi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvçi barça organlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş, FHDYo organlari xodimlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş böyiça xizmat körsatiş jarayonidagi javobgarligini belgilaş imkonini beradi, şuningdek, sohadagi barça tartib-taomillarni aniqlaştiradi.