Joriy yil Umra mavsumi 20 sentyabrdan boşlanadi. 1 oktyabrdan boşlab kunlik 2 ta aviareys asosida amalga oşirilişi belgilangan. Bu haqda bugun, 4 sentyabrda Din işlari böyiça qömita tomonidan Haj-2019 mavsumi yakuni böyiça ötkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Ma'lumot berilişiça, bu yil Özbekistondan 7200 nafar yurtdoşimiz haj safarida bölib qaytdi. Şundan 6970 nafari ziyoratçilar, 230 nafari xizmat körsatuvçi işçi guruhlari a'zolaridir.

Brifingda aytilişiça, hajga borişga nomzodlarning islom arkonlarini bilişi, ma'naviyati, ma'rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e'tiborga ega bölişi, mahalla fuqarolar yiğinidagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxşilaşda ibrat böla olişiga e'tibor qaratildi. Şuningdek, yöldan adaşganlarni soğlom turmuş tarziga qaytariş, ularning ijtimoiy moslaşuviga yordam berişi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk ajdodlarimizning hayoti va ilmiy merosidan xabardorligi, mahalladagi jamoatçilik işlarida faolligi körib çiqildi. Nomzodlar haqida jamoatçilik fikri örganildi.

Ular tomonidan jami 14326 nafar ijtimoiy kömakka muhtoj, kam ta'minlangan hamda boquvçisini yöqotgan fuqarolarni otaliqqa oliş ta'minlandi.

Haj safariga boruvçilar tomonidan otaliqqa olingan fuqarolarga jami 9,3 mlrd. söm miqdorida moddiy yordam körsatildi. 

Qayd etilişiça, Haj mavsumi uçun sarf-xarajatlari smetasi böyiça har bir ziyoratçidan olinadigan mablağ 

33 million 300 ming söm etib belgilandi. Ya'ni narx 5 million sömga arzonlaştirildi.

Özbekistonlik ziyoratçilar Madina şahrida birinçi marotaba “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylaşgan beş yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylaştirildi.

Makka şahrida esa Haramdan uzoq bölmagan tört yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qilişdi.

Hojilarimiz uçun 24 soat davomida zamonaviy avtobuslar qatnovi yölga qöyildi.

Ziyoratçilarga safar oldidan davlatimiz ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, “Hajnoma” kitobçasi va videoqöllanma taqdim etildi. 

Ma'lumot berilişiça, Haj-2019 mavsumida bir nafar ziyoratçi – Farğona viloyatilik Muhammad Ismoilov yurak xastaligi sababli vafot etdi. 31 iyul kuni işçi guruhi a'zolari, guruh rahbarlari va guruhdoşlari hamrohligida marhumning Masjidun Nabaviyda şom namozidan söng janozasi öqilib, Madina şahridagi “Baqi” qabristoniga dafn etildi.