Şu kunlarda Samarqand şahridagi «Istiqbol» mahallasida itlar zaharlab öldirilişi voqeasi keng muhokama etilmoqda. Bu holat fuqarolarning haqli e'tiroziga sabab bölmoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyul «Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş va saqlaş bilan boğliq xizmatlar faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 202-sonli qarori bilan qarovsiz itlarni tutiş bilan joylarda obodonlaştiriş boşqarmasi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş bölimlari şuğullanişi belgilangan. 

Samarqand şahrida ham aynan uşbu masalaga Samarqand şahar obodonlaştiriş boşqarmasi huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş bölimlari taşkil etilib, uşbu masalaga mas'ul etib belgilangan.

Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga köra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video soha mutasaddilari va jamoatçilik vakillari iştirokida atrofliça örganib çiqilib, natijalari muhokama etildi.

«Ming afsuski, uşbu hodisani itlarni öldiriş bilan emas, aksinça, ularni davolaş, röyxatga oliş va öz vaqtida emlab boriş kabi vazifalar bilan şuğullanişi zarur bölgan Samarqand şahar veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi mas'ullari amalga oşirgani aniqlandi.

Örganiş natijalaridan kelib çiqib, Samarqand şahar veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği O.Allamurodov hamda Samarqand şahar veterinariya bölimi Siyob vetuçastka mudiri U.Rajabov bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilindi. Ular egallab turgan lavozimidan ozod etildi», - deyiladi hokimlik ma'lumotida. 

Qayd etilişiça, bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarga yöl qöymaslik zarurligi haqida Samarqand viloyati veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi hamda uning quyi bölimlari rahbarlari, vetuçastka mudirlari qat'iy ogohlantirildi.

Mazkur holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinişini ta'minlaş maqsadida örganiş natijalari viloyat prokuraturasiga yuborilgan. 

Viloyat hokimligi barça samarqandliklarga murojaat qilib, şu kabi noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bölganda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, telegram messenjeri yoxud 1177 işonç telefoni orqali hokimlikni xabardor qilişga hamkorlikka çaqirgan.

Bundan avvalroq uşbu mavzuda suriştiruv ötkazilib, «Samarqandda öldirilgan itlar mojarosi: ularni kim va nima sababdan zaharladi?» sarlavhali material