Saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan Qonun (O‘RQ-563, 04.09.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Qonun bilan Konstitutsiya va bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi.
Bundan oldin, mahkumlarga uchrashuv va telefon orqali so‘zlashuv bo‘yicha qo‘shimcha huquqlar berilgandi.











