Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Özbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Qonuniga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
5-moddaning (Muddatli harbiy xizmat) ikkinçi qismi (Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida) quyidagi tahrirda bayon etildi: «Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida ön ikki oy etib belgilanadi»;
6-moddaning (Safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat) birinçi qismidagi (Muddatli harbiy xizmatni ötaşga yaroqli hamda çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan, biroq Qurolli Kuçlar safiga navbatdagi muddatga çaqirilmagan şaxslar safarbarlik çaqiruvi rezervi safiga olinadilar) «Muddatli harbiy xizmatni ötaşga yaroqli» degan sözlar «Harbiy xizmatga yaroqli, şu jumladan çeklovlar bilan yaroqli bölgan» degan sözlar bilan almaştirildi;
14-modda (Çaqiriluvçilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorgarligi):
birinçi qismidagi (Çaqiriluvçilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorgarligi Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkilotining öquv muassasalarida amalga oşiriladi) «Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkilotining öquv muassasalarida» degan sözlar «mudofaa işlari boşqarmalari huzuridagi çaqiriluvçilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorlaş markazlarida (bundan bayon matnda mudofaa işlari boşqarmalari huzuridagi markazlar deb yuritiladi)» degan sözlar bilan almaştirildi;
uçinçi qismidagi (Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkilotining öquv muassasalarida harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorgarlikka ön yetti yoşga tölgan, salomatligiga köra harbiy xizmatga yaroqli hamda tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga çaqirilişi lozim bölgan çaqiriluvçilar jalb etiladi) «Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkilotining öquv muassasalarida» degan sözlar «mudofaa işlari boşqarmalari huzuridagi markazlarda» degan sözlar bilan almaştirildi;
oltinçi qismi (Çaqiriluvçilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkilotining öquv muassasalaridagi tayyorgarligini moliyalaştiriş uning Markaziy Kengaşi orqali Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari va moliyalaştirişning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa manbalari hisobidan amalga oşiriladi) quyidagi tahrirda bayon etildi: «Çaqiriluvçilarning mudofaa işlari boşqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini moliyalaştiriş Mudofaa vazirligi orqali Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari va moliyalaştirişning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa manbalari hisobidan amalga oşiriladi».












