Donişmandlar "bu hayotda eng kuçli odam — nafsini jilovlagan odamdir", deb bejizga aytişmagan. Çunki nafsga beriliş kişini nafaqat töğri yöldan adaştiradi, balki oğir jinoiy qilmişlarni ham keltirib çiqaradi.

Afsuski, bu hayotiy haqiqatni hamma ham töliq idrok eta olmaydi. Yoki anglasa ham, tan olgisi kelmaydi.  

Agar urgutlik Qobil Ahatov, Öktam Rahmatov va tayloqlik Sayfulla Şodiyevlar öz nafsini jilovlay olganida edi, qöşni respublikada yaşovçi Umid Hasanovning nağmalariga uçmagan bölardi. Eng ayançlisi, bu törtovlonning "hamkorligi" asr vabosi atalmiş giyohvandlik moddasi bilan boğliq.

Öşanda 2018 yilning avgust oyi edi. Umid Hasanov jinoiy şeriklari tomonidan Özbekistonga qonunga xilof ravişda olib kelingan köp miqdordagi — 20 gramm "opiy" giyohvandlik vositasini olib, Urgut tumani hududiga ötkazib, Q. Aha­tovga sotadi. Çunki Qobil Ahatov muqaddam köp miqdorda giyohvandlik vositasini sotgani uçun sudlangan, qolaversa, özi ham bu zahri qotildan bot-bot "tortib" turardi. U Umid Hasanovdan sotib olgan giyohvandlik moddasini uyida saqlagan va iste'mol qilib turgan. Oradan 4 oy ötgaç, U. Hasanov avvalgidan bir yarim baravar köp­roq, ya'ni 50 gramm "opiy"­ni 500 ming söm evaziga yana eski mijozga yetkazib beradi. Şu bilan birga, 1 gramm "opiy"ni xonadonida quriliş işlarini bajarib yurgan Öktam Rahmatovga 250 ming sömga pullaydi. Öz navbatida, Öktam Rahmatov giyohvand­lik vositasini uyida saqlab, iste'mol qilib keladi.

Buni qarangki, Umid Hasanovning Sayfulla Şodiyev bilan amalga oşirgan oldi-berdisi yuqoridagi işlaridan ançagina "salmoqli" ekan.

Aniqlanişiça, U. Hasanov va S. Şodiyevlar joriy yilning fevral oyida qöşni respublikada yaşovçi şaxs­dan 5 kilo 800 gramm "opiy" giyohvandlik vositasining har bir kilogrammini 3 ming AQŞ dollari bahosida sotib olişadi. Söngra uni Umidning xonadonida qadoqlab, Sayfullaning "Damas" avtomaşinasi gaz balloni içiga yaşirişadi.

Şundan söng "tovar"ni çegara bojxona posti orqali bojxona nazoratidan yaşirgan holda olib ötib, S. Şodiyevning xonadoniga yaşirib qöyişadi. Oradan köp ötmay Sayfulla "opiy"ning 1 kilosini eski tanişi A. Islomovga 4 200 AQŞ dollariga, 1 800 grammini esa, Urgut va Tayloq tumanlaridagi boşqa şaxslarga sotadi. Qolgan 3 kilogramini sotiş maqsadida saqlab qöyadi.

Ular 2019 yil 7 mart kuni yana qöşni davlatda yaşovçi jinoiy şeriklaridan har bir kilogrammini 3 ming AQŞ dollari bahosida 10 kiloyu 905,84 gramm "opiy" va 41,46 gramm "ekstrak­tsiya­li opiy" giyohvandlik vositalarini sotib olişadi. Söng bu "yuk"ni ham avvalgi usulda mamlakatimiz hududiga olib ötib, S. Şodiyevning somonxonasiga yaşirib qöyişadi.