Ta'kidlanişiça, Kanadaning kelib çiqişi xitoylik bölgan fuqarosi Tse Çi Lopni ikki yillik qidiruvdan keyin uşlaşga muvaffaq bölingan. Uni qölga olişda Interpol ham iştirok etgan.

“Osiyolik El Çapo” metamfetamin giyohvand moddasining dunyodagi eng yirik savdogarlaridan biri hisoblangan. U boşçilik qiladigan “Sem Gor” yoki “Kompaniya” nomi bilan ham ma'lum bölgan xalqaro jinoiy sindikat orqali Avstraliyaga giyohvand moddalarning 70 foizi yetkazilgan.  

Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, Çi Lop laboratoriyalarda işlab çiqiluvçi giyohvand moddalarni tarqatiş bilan şuğullanuvçi Xitoy mafiyasining bir neça bölimiga boşçilik qilgan.

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi ma'lumotlariga köra, jinoiy faoliyat Çi Lopga yiliga 10 mlrd dollardan 23 mlrd dollargaça daromad keltirgan. 

Oğufuruş ortidan 20ga yaqin davlat, jumladan AQŞ, Kanada, Myanma, Xitoy, Tailand va Yaponiya huquq-tartibot idoralari köp yillik “ov” olib borgan.

Bugungi kungaça oğufuruşning qayerdaligini aniqlaşning iloji bölmagan – u bir guruh kikboksçi tansoqçilar hamrohligida yaşirinib yurişga muvaffaq bölib kelgan. Biroq şu bilan birga, u ba'zida dabdabali bazmlar uyuştirib turgan. Ta'kidlanişiça, oğufuruş Makaodagi kazinolardan birida bir keça davomida 85 mln dollar yutqazgan.