Andijon viloyatining Izboskan tumanida 11 fevral kuni Namangan viloyati Uçqörğon tumani Yangiobod MFY Ozod köçasida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan M.J. 357.79 gr. “gaşiş” giyohvandlik moddasini 4.000 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida uşlangan, va yaşaş uyi tekşirilganda 197.8 gr. “gaşiş” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy aşyo sifatida olingan. 

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Şuningdek, 12 fevral kuni suriştiruvlar davomida M.J. “gaşiş” giyohvandlik moddasini bir qismini Namangan şahar Fidoiy 1-tor köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1976 yilda tuğilgan J.M.ga berganligi aniqlangan. 

Körilgan çoralar natijasida J.M. uşlanib, uning yonidan 0.55 gr. “gaşiş” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy aşyo sifatida olingan.