«Rosatom» davlat korporatsiyasi özining Özbekistondagi ofisini röyxatdan ötkazdi. Bu haqda «Rusatom – mejdunarodnaya set» atom energosanoat majmuasi xalqaro hududiy tarmoği prezidenti Aleksandr Merten Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.  

«Röyxatdan ötdik, ofisda ta'mirlaş işlarini olib boryapmiz», – dedi u. 

Tez orada uning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötişi kutilmoqda.

Ofis Toşkent şahri Oybek köçasidagi «Özatom» binosi yonida joylaşgan. Mertenning sözlariga köra, Toşkentdagi ofis «eng katta filiallardan biri böladi».

«Ofis rahbari – Ukanov Serik Kazbekoviç. Mahalliy kadrlarni tanlab olişni davom ettiramiz», – dedi Merten.  

Avvalroq «Rosatom» 2020 yil boşida Özbekistondagi birinçi AES qurilişini boşlaşi xabar qilingandi. AES qurilişi uçun Jizzax viloyati Foriş tumanidagi Tuzkon köli yaqinidan joy tanlangan.