Ötgan hafta duşanba kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti yangi «Kişinyov şahrida 07.10.2002 yilda tuzilgan fuqarolik, oilaviy va jinoyat işlari böyiça huquqiy yordam va munosabatlar töğrisidagi konvensiyaga a'zo böliş töğrisida»gi yangi Qonunni imzoladi. Mazkur Qonun Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqildi.

Vazirlik xabariga köra, hozirgi vaqtga qadar Özbekistonning MDH mamlakatlari bilan huquqiy yordam masalalari böyiça munosabatlari 1993 yil 22 yanvardagi fuqarolik oilaviy va jinoyat işlari böyiça huquqiy yordam va munosabatlar töğrisidagi Minsk konvensiyasi asosida amalga oşirib kelinmoqda edi.

Kişinyov konvensiyasi real ta'sirga ega va MDH mamlakatlari örtasidagi huquqiy munosabatlarni yölga qöyişda muhim rol öynagan xalqaro kelişuvlardan biri bölgan Minsk konvensiyasining takomillaşgan muqobilidir.

Bugungi kunda xalq bilan muloqotni rivojlantiriş, fuqarolarning odil sudlovga tösqinliksiz erişişini ta'minlaş, sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oşiriş, xalqaro hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy asosini takomillaştiriş, Özbekistonning yon-atrofida ahil qöşniçilik muhitini şakllantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan kelib çiqqan holda Kişinyov konvensiyasiga a'zo böliş mamlakat hukumati tomonidan qöyilgan vazifalarni tölaqonli bajariş imkonini beradi.

Kişinyov konvensiyasi kompleks xarakterga ega bölib, huquqiy himoyadan foydalaniş tartibini belgilab beradi, özaro huquqiy yordamning turli şakl va körinişlari, uni körsatiş, şuningdek sud qarorlarini özaro e'tirof etiş va ijro etiş tartibi va şartlarini öz içiga oladi.

Minsk konvensiyasidan farqli ölaroq, Kişinyov konvensiyasiga qöşiliş quyidagilarga imkon yaratadi:

- iqtisodiy masalalarni hal etişga doir işlarni tartibga soladi;
- Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonning vakolatli organlari tomonidan bevosita munosabatini amalga oşiradi;
- alohida hollarda faksimile aloqa böyiça yoki kommunikatsiya vositalarining boşqa turlaridan foydalangan holda topşiriqlarni yuboradi;
- fuqarolik, oilaviy va jinoiy işlar böyiça ekspertizalarni taşkillaştiriş va ötkazişda huquqiy yordam körsatadi hamda ularni amalga oşiriş va moliyalaştiriş tartibini reglamentga soladi va h.k.

Umuman olganda, uşbu Konvensiyaga qöşiliş aloqalarni nomarkazlaştirişga xizmat qiladi. Bu esa, huquqni muhofaza qiliş va boşqa organlardan kelib tuşadigan murojaatlarni tezkor körib çiqiş, sud jarayonlarining çözilişini oldini oliş, hamda poçta harajatlarini yöq qiliş va vaqtni tejaş imkonini beradi.