Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov «Rostov» klubidagi har bir g‘alaba uchun qancha pul olmoqda?
Rossiyalik jurnalistlar Premer-Liga klublari har bir g‘alaba uchun futbolchilarga qancha mukofot berishayotganini aniqlab olishdi.
Business-gazeta xabariga ko‘ra, «Zenit» klubi bu borada yetakchilik qilmoqda. Piterliklar har bir g‘alaba uchun asosiy tarkib futbolchisiga 9 ming yevro, zaxira futbolchisiga 4,5 ming yevro bermoqda.
«Rostov» klubi bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi bo‘lib turibdi – 7 ming yevro. Keyingi o‘rinlarda «Orenburg» (taxminan 6 ming yevro) va «Spartak» (taxminan 5 ming yevro) bormoqda.
O‘rtamiyona klublar («Arsenal», «Ural», «Ufa») har bir g‘alaba uchun 4 ming yevrodan, «Axmat» klubi esa «atigi» 2 ming yevro beryapti.
«Krasnodar», TsSKA, «Dinamo» va «Rubin» klublaridagi bonus to‘lovlari tizimi boshqacharoq. Bu jamoalarda mukofot pullari har bir g‘alaba uchun emas, balki mavsum yakuniga ko‘ra to‘lanyapti.
Eslatib o‘tamiz, «Rostov» klubi sharafini O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov himoya qilmoqda.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026