Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hibsga olingandan keyin ilk bor omma oldida körindi. 

Atamboyev 8 avgustda qölga olingandi. U bir qator oğir jinoyatlarda ayblangan. Ayni vaqtda u Milliy xavfsizlik davlat qömitasining Bişkekdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

4 sentyabrda qömita binosi yonida Bişkek şahar sudi kollegiyasining Atamboyev advokatlarining şikoyati böyiça sayyor yiğilişi bölib ötgan. 

Sud qarorini kutiş vaqtida köçada Atamboyeving yaqinlari va tarafdorlari, jumladan uning rafiqasi Raisa Atamboyeva, öğli Qodir hamda Jogorku Keneş deputatlari yiğilişgan. Atamboyev barça yiğilganlarga qölini silkitib qöygan. 

Ta'kidlanişiça, Qirğiziston sotsial-demokratik partiyasining deputatlari Asel Koduranova va Irina Karamuşkina Atamboyev bilan uçraşişgan. 

Koduranovaning aytişiça, ular Atamboyevning hibsda uşlab turilişi vaqtida u bilan ilk bor uçraşişgan. Uçraşuv 40 daqiqaça davom etgan. Sobiq prezidentda heç qanday şikoyatlar bölmagan.

“Albatta u yer kurort emas. Biroq u heç narsadan şikoyat qilmadi. Şuningdek, bizga heç qanday körsatma bermagan”, deb aytgan deputat ayol. 

Keyinroq  sud Atamboyevning qölga olinişini qonuniy deb tan olgan.