O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta'lim dasturlari joriy etiladigan ta'lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Quyidagilar:
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalari ro‘yxati;
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida o‘rta professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalari ro‘yxati;
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta'lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta'lim muassasalari ro‘yxati;
Kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkaziladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;
Oliy ta'lim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;
Oliy ta'lim muassasalarining ko‘p tarmoqli o‘quv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;
Binolari umumiy o‘rta ta'lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ushbu band bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.
Belgilab qo‘yilishicha:
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bo‘yicha asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta'lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi beriladi;

















