Özbekistonda suv ta'minoti tizimining bir qismi tadbirkorlarga beriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 sentabr kuni aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğilişda aytib ötildi.
Yiğilişda qayd etilişiça, Toşkent şahrida suv ta'minoti korxonalari rentabelligi 7 foiz, Andijon va Qaşqadaryoda 6, Navoiyda 3 foizni taşkil etadi. 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bölsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari işdan çiqqan. Yurtimiz şaharlarining faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj.
Bildirilişiça, olis va toğli hududlar aholisini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab beriş tartibi joriy qilinişi belgilab qöyildi.
Bundan taşqari, tajriba tariqasida suv va kanalizatsiya tizimini tadbirkorlarga davlat-xususiy şerikçilik asosida beriş çoralari körilişi ta'kidlandi.
Avvalroq, 2020 yil 1 yanvardan Özbekistonda sovuq suv narxi oşişi kutilayotgani xabar berilgandi.












